platina.uz
Jamiyat

Ekologiya va kadastrlar palatasi xodimlari tezkor tadbirda ushlandi

Ular davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini kadastrda ishlovchi tanish orqali auksionga chiqarib arzon narxda olib berishni vaʼda qilgan. 

Ekologiya va kadastrlar palatasi xodimlari tezkor tadbirda ushlandi

Yer olib berishni vaʼda qilgan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi va Davlat kadastrlar palatasi xodimlari ushlandilar.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinsoy tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Uzun tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi bosh mutaxassisi M.B. 2 000 AQSh dollari evaziga fuqaro R.Yu.ga "Ulanqul" MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini kadastrda ishlovchi tanishi orqali auksionga chiqarib arzon narxda olib berishini aytgan.

U ushbu pullar hisobidan 12 mln soʻmni olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tezkor tadbirda Uzun tumani Davlat kadastrlar palatasi yerlarni auksionga chiqarish shoʻʼbasi yetakchi mutaxassisi K.N. 12 mln soʻmni M.B.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid