platina.uz
Jahon

Xitoyda kana orqali yuquvchi yangi virus aniqlandi: tafsilotlar

Hozirda ALTNV infeksiyasining 300 dan ortiq holati qayd etilgan, ularning barchasi faqat Xitoyda aniqlangan. Mamlakatdan tashqarida tasdiqlangan bemorlar yoʻq. 

Xitoyda kana orqali yuquvchi yangi virus aniqlandi: tafsilotlar

Xitoyda yangi ALTNV (Osiyo uzun shoxli nairovirusi) virusi holatlari soni ortib bormoqda. U ixodid kanalari chaqishi orqali yuqadi. Hozirda bu virusga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri kurasha oladigan dori yoʻq.

Sentabr oyi boshida Xitoylik tadqiqotchilar yangi virusni batafsil bayon qiluvchi ilmiy maqolani taqdim etishdi. Bu Haemaphysalis longicornis turiga mansub ixodid kanalari tomonidan tarqaladigan zoonotik virus sanaladi.

Virus tarqatuvchi kanalarning turlari yashovchi hududlar Sharqiy Osiyoning moʻʼtadil mintaqalarini - xususan, Xitoy, Koreya, Vetnam va Tailandni, shuningdek, Tinch okeani orollarini va Rossiya Uzoq Sharqining janubiy hududlarini, jumladan, Primorsk oʻlkasini oʻz ichiga oladi.

"Virus grippga oʻxshash kasallikni keltirib chiqaradi - isitma, titroq, bosh ogʻrigʻi, mialgiya, kuchli holsizlik va oshqozon-ichak alomatlari (koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorin ogʻrigʻi) bilan kechadigan oʻtkir boshlanish. Ogʻir holatlarda trombotsitlarning kuchli yetishmasligi rivojlanadi, bu esa qon ivishining pasayishiga va qon ketishiga olib keladi. Immuniteti zaif odamlar xavf ostida", deb tushuntiradi mutaxassislar.

Hozirda ALTNV infeksiyasining 300 dan ortiq holati qayd etilgan - ularning barchasi faqat Xitoyda aniqlangan. Xitoydan tashqarida tasdiqlangan infeksiya holatlari yoʻq.

Virusni oʻldiradigan maxsus dori-darmonlar ham, profilaktika choralari ham yoʻq - bemorlarga simptomatik yordam koʻrsatiladi. Osiyo mamlakatlariga sayohat qilishni rejalashtirayotganlar uchun tibbiyot mutaxassislari ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya qiladilar: turli shabhali oʻsimliklardan saqlaning, kana chaqishi xavfini kamaytirish uchun himoya kiyimlarini kiying.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid