platina.uz
Jahon

Ukraina Rossiya bilan muhim infratuzilmalarga zarba bermaslik boʻyicha kelishuvga rozilik bildirdi

Ittifoqchilar Moskvaning Ukraina inshootlariga hujum qilmasligini taʼminlashi kerak, deydi pprezident Zelenskiy. 

Ukraina Rossiya bilan muhim infratuzilmalarga zarba bermaslik boʻyicha kelishuvga rozilik bildirdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Rossiya energetika inshootlariga hujumlardan tiyilishga tayyorligini bildirdi.

Oʻz navbatida ittifoqchilar Moskvaning Ukraina inshootlariga hujum qilmasligini taʼminlashi kerak.

​Zelenskiy bu haqda oʻzining Telegram kanalida eʼlon qildi.

​"Ukraina oʻz sheriklariga Rossiya bilan muhim infratuzilmaning yoʻq qilinishini toʻxtatadigan kelishuvga erishishni taklif qildi", deb yozdi davlat rahbari va oziq-ovqat, energiya va boshqa asosiy ehtiyojlar himoya qilinishi kerakligini taʼkidladi.

​Uning soʻzlariga koʻra, Ukraina energetika inshootlari, port infratuzilmasi, logistika va hatto oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari saqlanadigan omborlar har kuni nishonga olinmoqda.

​"Agar bizning sheriklarimiz Rossiyaning bizning elektr energetika sanoatimizga, boshqa energetika inshootlarimizga, muhim infratuzilmamizga va oziq-ovqat taʼminotimizga zarba bermaslik boʻyicha chinakam niyatini taʼminlashga tayyor boʻlsalar, unda biz, albatta, hujumlarimizni toʻxtatishga tayyormiz", deb tushuntirdi Zelenskiy.

​U shuningdek, bunday kelishuvlar ishonchli va uzoq muddatli boʻlishi, odamlar hayotiga real taʼsir koʻrsatishi kerakligini taʼkidladi.

​"Urush tugashi kerak. Va muhim infratuzilma bilan bogʻliq vaziyatni yumshatishga qaratilgan qadam tinchlikka erishishning birinchi qadami boʻlishi mumkin. Biz sheriklarimizdan aniq takliflar kutamiz", deb qoʻshimcha qildi prezident.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina bir-birining energetika inshootlariga zarba bermaslikka kelishib olganini eʼlon qildi. Rossiya ham tashabbusni qoʻllab-quvaatladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid