platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosida yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord koʻrsatkich qayd etildi

14 sentabr kuni Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha navbatdagi rekord koʻrsatkich qayd etildi. Kun davomida metropoliten xizmatlaridan 1 165 550 nafar yoʻlovchi foydalandi.

Toshkent metrosida yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord koʻrsatkich qayd etildi

Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord koʻrsatkich qayd etildi.

14 sentabrdan mamlakatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida barcha bosqich talabalari uchun yangi oʻquv yili boshlandi. Shu munosabat bilan, kutilganidek, jamoat transportiga, xususan, Toshkent metropoliteni xizmatlariga boʻlgan talab sezilarli darajada oshdi.

Jumladan, 14 sentabr kuni Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha navbatdagi rekord koʻrsatkich qayd etildi. Kun davomida metropoliten xizmatlaridan 1 165 550 nafar yoʻlovchi foydalandi.

Eng koʻp yoʻlovchi foydalangan bekatlar orasida Chilonzor bekati birin oʻrinni egalladi (64 616 nafar). Keyingi oʻrinlarda Buyuk Ipak yoʻli, Beruniy, Chinor, Olmazor bekatlari joylashgan.

Maʼlumot uchun, bundan avvalgi eng yuqori koʻrsatkich 2026 yil 8 may kuni qayd etilgan boʻlib, oʻsha kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 117 061 nafar yoʻlovchi foydalangan edi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan kuzatuv va tahlillarga koʻra, yoʻlovchilar oqimining oʻsish tendensiyasi kelgusida ham saqlanib qolishi kutilmoqda. Xususan, oktabr oyida kunlik yoʻlovchilar soni 1 200 000 nafarga yetishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid