platina.uz
Jamiyat

Toshkent kelajagi har qachongidan ham jiddiy eʼtibor va tahlilni talab qilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Toshkent kelajagi har qachongidan ham jiddiy eʼtibor va tahlilni talab qilmoqda — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashdi.

Toshkent shiddat bilan kengayib bormoqda, shaharsozlik va ekologiya bilan bogʻliq bugungi vaziyatni inobatga olsak, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy eʼtibor va tahlilni talab qilmoqda.

PA rahbari ​shu maqsadda qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

​"Birgalikda yechim topishimiz kerak boʻlgan masalalar talaygina — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obʼektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv taʼminoti muammolarigacha.

Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qoʻshimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zoʻriqtirmasligi kerak", deya taʼkidladi Mirziyoyeva.

"​Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, koʻrkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida boʻlgan biznes vakillariga koʻmaklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi Oʻzbekiston siyosatiga toʻla mos keladi.

​Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir", deya xulosa qiladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid