platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Seulda Koreya Respublikasi bosh vaziri bilan uchrashdi

Alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Seulda Koreya Respublikasi bosh vaziri bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi oʻziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.

Alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratildi.

Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilgʻor texnologiyalari va Oʻzbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yoʻl infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yoʻnalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid