Samarqand viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Rustam Qobilov yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Samarqand viloyati hokimiga ikki oʻrinbosar tayinlandi.
Hokimning tegishli qaroriga asosan, Qobilov Rustam Rajabboyevich yangi tashkil etilgan Samarqand viloyati hokimining rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rustam Qobilov mazkur tayinlovga qadar viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Samarqand viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Suyunov Joʻrabek Bahriddinovich Samarqand viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Joʻrabek Suyunov mazkur tayinlovga qadar viloyat turizm boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
