platina.uz
Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Maktabda oʻquv jarayonida STEM yoʻnalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur oʻzlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qoʻllash koʻnikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar.

Saida Mirziyoyeva Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi.

Bu dargohda 260 nafardan ziyod iqtidorli oʻgʻil-qiz taʼlim olishni boshladi.

Oʻquv jarayonida STEM yoʻnalishiga — matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot texnologiyalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bolalar bu fanlarni chuqur oʻzlashtirish barobarida loyihalar ustida ishlaydilar, bilimlarini amaliyotda qoʻllash koʻnikmasini hosil qilib, mustaqil tadqiqotlar olib boradilar. Xorijiy tillardan ingliz va xitoy tillari kuchaytirilgan tartibda oʻqitiladi.

Shu bilan birga, oʻquv dasturining salmoqli hamda muhim qismi ona tili, Oʻzbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyatiga ajratilgan.

"Yoshlarga zamonaviy taʼlim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuygʻusi, oʻzligi va milliy madaniyati bilan bogʻliqlikni doimiy singdirib borish zarur — menimcha, taʼlimda eng toʻgʻri yondashuv shu", deya taʼkidladi Mirziyoyeva.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid