platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi mumkin

2028 yil 1 yanvardan boshlab pensiya yoshini har yili 3 oyga oshirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uchun 63 yoshga va ayollar uchun 58 yoshga yetkazish taklif etildi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblab chiqarish uchun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi besh yillik ish haqi davri har yili bir yilga oshirib borilgan holda yigirma yillikdagi ish haqi davriga yetkaziladi. 

Oʻzbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi mumkin

2028 yil 1 yanvardan boshlab pensiya yoshini har yili 3 oyga oshirib borgan holda 2039 yilda erkaklar uchun 63 yoshga va ayollar uchun 58 yoshga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

2027yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisoblab chiqarish uchun inobatga olinadigan oxirgi mehnat faoliyati davomidagi besh yillik ish haqi davri har yili bir yilga oshirib borilgan holda yigirma yillikdagi ish haqi davriga yetkaziladi.

Bunda pensiya tayinlashda oʻrtacha ish haqini aniqlashda fuqaroning eng past daromadli davrining 10 foizini pensiya hisob-kitobidan chiqarib tashlash tartibi joriy etiladi.

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun belgilangan kamida 7 yil ish staji har yili bir yilga bosqichma-bosqich oshirilgan holda 2034 yilda 15 yilga yetkaziladi. Bunda eng kam ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga umumiy belgilangan pensiya yoshidan besh yildan keyin yoshga doir nafaqa olish huquqi saqlanib qoladi.

Yuqori daromaddan ijtimoiy soliq toʻlayotgan hamda pensiya yoshida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida 2028 yil 1 apreldan boshlab birinchi marta pensiya tayinlashda ish haqining yuqori chegarasi pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga; 6 oy kech pensiyaga chiqilganda — pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 14 baravarigacha, 12 oy kech pensiyaga chiqilganda — pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravarigacha oshirish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqi pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravaridan kam boʻlgan fuqarolar tomonidan jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ixtiyoriy ravishda ish haqining 5 foizi miqdorida oʻtkazgan mablagʻiga 50 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha toʻlab beriladi.

Oʻrtacha oylik ish haqining pensiya hisoblash bazaviy miqdorining 15 baravaridan yuqori qismidan 1 foizi miqdoridagi mablagʻ ijtimoiy soliq hisobidan fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga toʻlab beriladi va ushbu miqdor 2033 yildan 2 foiz hamda 2040 yildan 3 foizga yetkaziladi.

Fuqarolarga jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarni investitsiya va moliyaviy vositalarga joylashtirishda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Investitsiya va moliyaviy vositalarga joylashtirishdan olinadigan yillik daromad fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlariga qoʻshib boriladi. 2030 yil 1 yanvardan boshlab jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlardan fuqarolar ogʻir kasallikka chalinganda davolanish uchun hamda ipoteka kreditiga boshlangʻich toʻlov sifatida foydalanish huquqi beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid