platina.uz
Jamiyat

Namangan viloyati hokimiga ikkita oʻrinbosar tayinlandi

Azizbek Abdusalomov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. U avval Mingbuloq tumani hokimi birinchi oʻrinbosari edi. 

Namangan viloyati hokimiga ikkita oʻrinbosar tayinlandi

Namangan viloyati hokimiga ikkita oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Oxunbabayev Xondamir Hakimovich Namangan viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xondamir Oxunbabayev 1989 yilda Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. 2013 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012 yilda Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazida bosh mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik Investitsiyalar davlat qoʻmitasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida boʻlim boshligʻi, «Aisha Home Textile» qoʻshma korxonasida tashqi iqtisodiy faoliyat boʻlimi boshligʻi va ishlab chiqarish boshligʻi, Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida Hududiy sanoatni rivojlantirish shoʻʼbasi boshligʻi, Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — Loyiha ofisi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar «Namangan erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdusalomov Azizbek Baxtiyor oʻgʻli Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Azizbek Abdusalomov 1992 yil 17 aprelda Mingbuloq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. 2017-2024 yillarda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — muhandis-texnolog, iqtisodchi.

A. Abdusalomov ilk mehnat faoliyatini Mingbuloq tumanidagi «Azizbek Abdusalomov» fermer xoʻjaligida boshlagan. Keyinchalik Mingbuloq tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyat Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari, kengash raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Namangan viloyati Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Namangan viloyati Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi kabi masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Mingbuloq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid