platina.uz
Jamiyat

Jurnalist Alisher Roʻzioxunovning xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbirda jurnalist xotirasiga bagʻishlab tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi. Filmda uning hayoti, jurnalistikadagi faoliyati hamkasblari xotiralarida tasvirlanadi. 

Jurnalist Alisher Roʻzioxunovning xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

FikrLab milliy kontent maydonida marhum jurnalist Alisher Roʻzioxunovning xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi rahbariyati, OAV va jamoatchilik vakillari, marhum jurnalistning doʻstlari hamda yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda Alisher Roʻzioxunovning jurnalistika sohasidagi qisqa, lekin mazmunli faoliyati, uning kasbiy va insoniy fazilatlari, hamkasblari taqdirida qoldirgan yorqin izi haqida soʻz yuritildi.

Tadbir yakunida Alisher Roʻzioxunov xotirasiga bagʻishlab "MY5" telekanali ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan hujjatli film namoyish etildi.

Filmda uning hayoti, jurnalistikadagi faoliyati va kasbga sadoqati hamkasblari xotiralarida tasvirlanadi.

Alisher Roʻzioxunov 2025 yil 26 fevral kuni 32 yoshida xastalikdan vafot etgandi. U turli internet nashrlarida bir necha yillar davomida faoliyat yuritib, davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb mavzularda yuzlab materiallar tayyorlagan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid