Ilk marotaba Tashkent Content Market tadbiri boʻlib oʻtadi
Tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutiladi.

Ilk marotaba Tashkent Content Market tadbiri boʻlib oʻtadi.
2027 yil 4-5 fevral kunlari Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da Tashkent Content Market xalqaro tadbiri boʻlib oʻtadi.
5 500 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kontent markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Tashkent Content Market koʻlami, xalqaro ishtirokchilar soni va boy dasturi bilan mintaqadagi eng yirik media tadbirga aylanishi kutilmoqda.
Tadbir koʻrgazmalar, B2B uchrashuvlar, forumlar, skrininglar va mahorat darslarini yagona maydonda birlashtiradi.
Tadbirda ishtirok etish va batafsil maʼlumot olish uchun www.TCM.uz saytiga tashrif buyuring.
