Dilobar Kattabekova Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
Kattabekova tayinlovga qadar Guliston davlat universitetida masʼul lavozimda faoliyat yuritgan.

Sirdaryo viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Sirdaryo viloyati hokimining tegishli qaroriga asosan, Kattabekova Dilobar Ismatovna Sirdaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Dilobar Kattabekova tayinlovga qadar Guliston davlat universitetida masʼul lavozimda faoliyat yuritgan.
