platina.uz
Jamiyat

Buxorodagi neft saqlash omborida yongʻin yuz berdi

Hodisa sabab 3 kishi jarohat olgan. "Oʻzbekneftgaz" hodisa ishlab chiqarish quvvatlariga taʼsir etmasligi maʼlum qildi. 

Buxorodagi neft saqlash omborida yongʻin yuz berdi

15 sentabr kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neft mahsulotlarini saqlash omborida yongʻin sodir boʻldi.

FVV maʼlumotiga koʻra, soat 10:30 da «112» tizimiga Choʻlquvar mahallasidagi neft ombori rezervuarlaridan birida yongʻin chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga 14 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Yongʻin 48 daqiqada toʻliq oʻchirilgan. Natijada bitta yoqilgʻi rezervuari zararlangan.

Hodisa sabab 3 kishi jarohat olgani maʼlum qilindi.

"Oʻzbekneftgaz" matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga koʻra, ushbu rezervuarlar zavod hududidan tashqarida joylashgan boʻlib, ishlab chiqarish quvvatlariga taʼsir etmasligi maʼlum qilinadi.

​Hozirda hodisa oqibatlarini toʻliq bartaraf etish boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid