“Atirgul — 2026” tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi
Tanlov Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan boʻlib, unda faol ayol jurnalistlar taqdirlandi.

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan “Atirgul — 2026” tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.
Tanlov gʻoliblari bilan quyida tanishish mumkin:
“Eng yaxshi televizion jurnalistik material uchun” nominatsiyasi gʻolibi — Shahlo Ergashova, “Oʻzbekiston” teleradiokanali “Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy” dasturlar bosh muharririyati katta muharriri;
“Eng yaxshi radio jurnalistik material uchun” nominatsiyasi gʻolibi — Dilfuza Berdiyeva, “Navoiy” telekanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tok-shou va koʻngilochar dasturlar muharririyati suxandoni;
“Eng yaxshi bosma OAV materiali uchun” nominatsiyasi gʻolibi — Xalima Xalilayeva, “Vesti Karakalpakstana” gazetasining maxsus muxbiri.
“Eng yaxshi internet jurnalistika materiali uchun” nominatsiyasi gʻolibi — Milana Aksionova, “Podrobno.uz” veb-sayti muharriri.

"Eng yaxshi ijtimoiy tarmoq loyihasi uchun" nominatsiyasi gʻolibi — Moʻtabar Xushvaqtova, “Oʻrik guli” internet loyihasi rahbari;
"Eng yaxshi surishtiruv jurnalistikasi uchun" nominatsiyasi gʻolibi — Gulmira Toshniyazova, “Kun.uz” internet nashri muxbiri;
"Eng yaxshi fotojurnalistika ishi uchun" nominatsiyasi gʻolibi — Xolida Musurmanova, “Yoshlar ovozi” gazetasi fotomuxbiri;
"Eng yaxshi hujjatli film yoki maxsus medialoyiha uchun" nominatsiyasi gʻolibi —Maxliyoxon Tojiyeva, “Ayol uchun” elektron platformasi asoschisi.
"Eng yaxshi yosh jurnalist uchun" nominatsiyasi gʻolibi — Muslima Amonqulova, “Mening yurtim” telekanali muxbiri;
"Eng yaxshi hududiy jurnalistik material uchun" nominatsiyasi gʻolibi — Dilrabo Kamolova, Toyloq tumani “Qoʻshchinor” gazetasi muxbiri.
"Jamoatchilik eʼtirofi mukofoti" nominatsiyasi gʻolibi — Dildora Xasanova, “Oʻzbekiston tarixi” telekanali oliy toifali rejissyori;

"Hakamlar hayʼatining maxsus mukofoti" nominatsiyasi gʻolibi — Fotimaxon Mansurova, “Yangi Fargʻona” gazetasi muxbiri.
