platina.uz
Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

​Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida oʻrin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining koʻp asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi.

​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakatimiz Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi.

​Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida oʻrin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining koʻp asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.

​Oʻzbekiston Birinchi xonimiga sulola vakillarining qadimiy qoʻlyozmalari va sheʼriy asarlari, anʼanaviy liboslar hamda oʻsha davrning turmush tarzi, anʼanalari va badiiy merosini aks ettiruvchi saroy madaniyatiga oid boshqa eksponatlar namoyish etildi.

​Muzey ekspozitsiyasi bilan tanishgandan soʻng, Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdilar.

​Samimiy va doʻstona ruhda oʻtgan suhbatda Oʻzbekiston va Koreya xalqlarini koʻp yillik doʻstlik, oʻzaro hurmat va madaniy mushtaraklikka asoslangan uzviy rishtalar bogʻlab turishi taʼkidlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid