Xorazmda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ushlandi
U tanishlari yordamida fuqaroning noturar binosini turar joy toifasiga oʻtkazib berishini aytib, pora soʻragan.

Xorazm viloyatida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Qoʻshkoʻpir tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi R.A. 1 000 AQSh dollari evaziga viloyat qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.P.ning noturar binosini turar joy toifasiga oʻtkazib berishini aytgan.
Rahbar ushbu pullar hisobidan 700 AQSh dollari va 3,6 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
