Rustamjon Egamberdiyev Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi
Avval bu lavozimda ishlagan Isomiddin Ismanov 2026 yil aprel oyida qoʻlga olingandi.

Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi.
Egamberdiyev Rustamjon Abduraimovich Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Avvalgi oʻrinbosari Isomiddin Ismanov aprel oyida qoʻlga olingandi. U bir fuqaroga Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida boʻlgan 20 sotix yer maydonini auksion orqali rasmiylashtirib, qurilish uchun ruxsatnoma olib berish evaziga har bir sotix yer uchun 2 500 AQSh dollaridan jami 50 000 AQSh dollari miqdorida pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
