platina.uz
Jamiyat

"Qamchiq" dovoni hududida adashib qolgan 17 kishi qutqarildi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻqligi maʼlum qilingan.  

"Qamchiq" dovoni hududida adashib qolgan 17 kishi qutqarildi

FVV qutqaruvchilari "Qamchiq" dovoni hududida adashib qolgan 17 nafar fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatishdi.

12 sentabr kuni "112" tizimi orqali "Qamchiq" Maxsus qutqaruv boshqarmasiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining "Vodiy-Toshkent" yoʻnalishi 107-kilometrdagi "Chinor" QFY hududida fuqarolar adashib qolgani boʻyicha maʼlumot kelib tushdi.

Maʼlum boʻlishicha, 17 nafar fuqarolar dam olish maqsadida chiqib togʻli hududda adashib qolgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan voqea joyiga qidiruv-qutqaruv boʻlinmalari jalb qilindi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida qutqaruvchilar togʻ qiyaliklaridan jami 17 nafar fuqaroni topib, ularni xavfsiz hududga olib tushishdi hamda yashash manzillariga sogʻ-salomat yetkazib qoʻyishdi, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid