platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston – Koreya hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplami qabul qilindi

Toʻplamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar oʻrin oldi.

Oʻzbekiston – Koreya hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplami qabul qilindi

Seul shahrida oʻtkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Toʻplamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar oʻrin oldi.

Bular ­– transport, aviatsiya, qishloq xoʻjaligi, turizm, sunʼiy intellekt, texnik koʻmak, oliy, maktab va maktabgacha taʼlim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid