platina.uz
Siyosat

Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida Shavkat Mirziyoyev sharafiga kechki ovqat boʻlib oʻtadi

Yonhap agentligi dastur menyusi ikki mamlakatning oshpazlik anʼanalari va mahsulotlarining  uygʻunligini hisobga olgan holda tuzilganini taʼkidladi.

Janubiy Koreya prezidenti qarorgohida Shavkat Mirziyoyev sharafiga kechki ovqat boʻlib oʻtadi

Yonhap agentligining xabar berishicha, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi sharafiga Janubiy Koreya Prezidenti qarorgohida koreys oshxonasidan iborat kechki ovqat boʻlib oʻtadi.

Agentlik menyu ikki mamlakatning oshpazlik anʼanalari va mahsulotlarining uygʻunligini hisobga olgan holda tuzilganini taʼkidladi.

Kechki ovqat anor sousi qoʻshilgan yangi omar va dengiz mollyuskalaridan tayyorlangan taom bilan boshlanadi. Undan keyin shirin qovoq va xurmo qoʻshilgan tarakchuk sutli boʻtqasi, Nobiani uslubida pishirilgan mol goʻshti, marinadlangan qoʻy bel goʻshti, toʻyimli Incheon guruchi va tovuq shoʻrvasi taqdim etiladi.

Desertga quritilgan xurmo qoʻshilgan meva va krem-bryule kiradi. Ovqat bilan birga uch xil ichimlik, jumladan, anʼanaviy koreys ichimliklari ham tortiladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga qizil jenshen mahsulotlari taqdim etilishi eʼlon qilindi. Ushbu dorivor oʻsimlik taniqli premium koreys sogʻliqni saqlash mahsulotlaridan biridir.

Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga anʼanaviy koreys estetikasini aks ettiruvchi keramika sovgʻa qilinadi.

Janubiy Koreya prezident maʼmuriyati Shavkat Mirziyoyevning tashrif dasturiga Oʻzbekiston madaniyati, koreys tomonining mehmondoʻstligi va ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlikni aks ettiruvchi turli elementlar kiritilganini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid