platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga yetib bordi

Prezidentni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar kutib oldi. 

Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga yetib bordi

Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.

Davlatimiz rahbari yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, oʻqishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

Muloqot chogʻida mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar, vatandoshlarimizning orzu-intilishlari hamda tashrif doirasida boʻlajak tadbirlarning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Prezidentimiz ularga ish va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, Koreyada egallanayotgan zamonaviy bilim, koʻnikma va tajriba kelgusida mamlakatimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid