Oʻzbekiston hududida biznesni roʻyxatga olish oʻtkaziladi
Ushbu jarayon 2026 yil 15 oktabr – 30 noyabr sanalarida boʻlib oʻtadi.

“Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–190-son, 10.09.2026 y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, 2026 yil 15 oktabr – 30 noyabr sanalarida Oʻzbekiston hududida biznesni roʻyxatga olish oʻtkaziladi.
Farmonga koʻra, quyidagilar 2026–2030 yillarga moʻljallangan “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:
- barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar faoliyatini yagona yondashuv asosida muvofiqlashtirish, maʼlumotlar sifatini taʼminlashning institutsional salohiyatini oshirish;
- xalqaro standartlar va zamonaviy statistik modellarga muvofiq statistika uslubiyatlarini takomillashtirish;
- raqamli transformatsiya, hisobot yukini kamaytirish va maʼlumotlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqalar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida biznesni roʻyxatga olish 2026 yil 1 oktabr holatiga 2026 yil 15 oktabr – 30 noyabr sanalarida oʻtkaziladi.
2027 yil 1 yanvardan statistika organlari tomonidan har chorakda oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuvlar uchun mikrofirmalar va kichik korxonalar yilda faqat 1 marotaba tanlab olinishi mumkin.
