platina.uz
Jamiyat

Navoiyda 1,3 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi

“Navoiysuvqurilishinvest” DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya va qator MChJlar masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirgan. 

Navoiyda 1,3 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi

Navoiy viloyatida 1,3 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

Unda “Navoiysuvqurilishinvest” DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya, “N.S.” va “B.Z.” MChJlar masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgan boʻlsa-da, qoʻshib yozish natijasida 1,3 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid