platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Korxona oʻzining toʻliq ishlab chiqarish sikli va nazorat laboratoriyasi Yevropa Ittifoqining GMP standartlari asosida tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi majmualardan biri hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “RomPharm NS” dori vositalarini ishlab chiqarish korxonasida boʻldi.

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 28 yanvardagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori sohada ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida faoliyat yuritayotgan “RomPharm NS” dori vositalari ishlab chiqarish korxonasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik.

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi
Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Korxonaning asosiy maqsadi ichki bozorni sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash, import oʻrnini bosuvchi dori vositalari ishlab chiqarish hajmini oshirishdan iborat. Kelgusida yillik quvvatni 1 milliard dona tabletka, 500 million dona kapsula va 120 million dona sashega yetkazish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi
Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Korxona oʻzining toʻliq ishlab chiqarish sikli va nazorat laboratoriyasi Yevropa Ittifoqining GMP standartlari asosida tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi birinchi majmualardan biri hisoblanadi.

Loyihaning umumiy qiymati 45 million yevroni tashkil etadi. 1,7 gektar maydonni egallagan korxonada 150 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Ishlab chiqarish jarayonining 90 foizi avtomatlashtirilgan. Zamonaviy uskunalar Italiya, Germaniya, Avstriya, AQSh, Shveysariya va Bolgariyadan keltirilgan.

Shavkat Mirziyoyev qiymati 45 mln yevrolik dori ishlab chiqaruvchi korxonada boʻldi

Bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar toʻliq import oʻrnini bosishga yoʻnaltirilgan. Asosiy eʼtibor nevrologiya, kardiologiya, metabolik jarayonlar hamda yalligʻlanishga qarshi yoʻnalishlarda qoʻllaniladigan dori vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishar ekan, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan quvvatlarni kengaytirish, ichki bozorni sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Asosiy maqsad importga bogʻliqlikni kamaytirish va sohada yangi ish oʻrinlari yaratish ekani qayd etildi.

Shu yerning oʻzida Prezidentimizga korxona faoliyatining istiqboldagi rejalari xususida taqdimot qilindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid