Prezident Vetnamning yirik kompaniyasi asoschisini qabul qildi
“ROX Group” 1996 yilda tashkil etilgan Vetnamdagi yetakchi koʻp tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya koʻchmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat koʻrsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 sentabr kuni Vetnamning “ROX Group” kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi.
Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

“ROX Group” 1996 yilda tashkil etilgan Vetnamdagi yetakchi koʻp tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya koʻchmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat koʻrsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.
Oʻzbekistondagi ustuvor yoʻnalishlar sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya va turizm sohalari belgilandi.
Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni amalga oshirishni “yoʻl xaritasi” asosida jadallashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
