platina.uz
Jamiyat

Ikki viloyatda noqonuniy ravishda "Umra"ga joʻnatmoqchi boʻlganlar ushlandi

Qoʻqon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari fuqarolardan 2200 dollar talab qilgan. 

Ikki viloyatda noqonuniy ravishda "Umra"ga joʻnatmoqchi boʻlganlar ushlandi

Fargʻona viloyatida noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bogʻliq holat aniqlandi.

​Maʼlum boʻlishicha, Qoʻqon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga joʻnatishni vaʼda qilib, 2200 AQSh dollari talab qilgan.

​Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

​Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Chortoq tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma ishchisi 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2200 AQSh dollari talab qilib, oldindan 400 dollar olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

​Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid