platina.uz
Jamiyat

Giyohvand moddalar bilan bogʻliq uch holat fosh etildi

Xorazmda qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan moddalarni sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlangan. 

Giyohvand moddalar bilan bogʻliq uch holat fosh etildi

Giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq uchta holat fosh etildi.

​Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar hamda Bojxona boshqarmalari hamkorligida Tuproqqalʼa tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda “Surxondaryo – Xorazm” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib tekshirildi.

​Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan Angor tumanida istiqomat qiluvchi, 1960 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun ikki marotaba sudlangan shaxsga tegishli sellofan paketda 490 gr “opiy” moddasi borligi aniqlandi.

​Maʼlum boʻlishicha, u qoʻshni davlatdan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasini Xorazm viloyatida sotmoqchi boʻlgan.

Boshqa holatda esa “Toshkent – Xorazm” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Oniks” rusumli avtomashina yoʻlovchisi hisoblangan – Urganch shahrida yashovchi, 1968 y.t. shaxsning yonidan 119 gr “gashish” moddasi olindi.

DXX Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sirdaryo – Jizzax” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatildi.

​Tekshiruv davomida avtomashina haydovchisi boʻlgan – Jizzax shahrida yashovchi, 1974 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs tadbir ishtirokchilarida shubha uygʻotib, uning yonlari belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

​Natijada, uning oyoq kiyimi ichiga 16 gr “opiy” moddasi yashirilgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

​Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid