platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildi

Prezident administratsiyasi rahbari hozirgi lavozimi bilan oʻrindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. 

Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildi

Saida Mirziyoyevaga yangi vazifa yuklatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan oʻrindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

​Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.

​Moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish shular jumlasidan.

​Shuningdek, Moliya markazi nomidan Oʻzbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi maʼmuriyatining ijrochi direktorini va uning oʻrinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati boʻyicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.

​Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid