platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda valyuta kursini hisoblash tartibi oʻzgaradi

Hozir rasmiy kurs asosan valyuta birjasida amalga oshirilgan bitimlarga tayangan holda shakllantiriladi. Yangi tartibda esa banklarning birjadan tashqari oʻzaro valyuta operatsiyalari ham hisob-kitobga qoʻshiladi. 

Oʻzbekistonda valyuta kursini hisoblash tartibi oʻzgaradi

2026 yil 15 sentabrdan Oʻzbekistonda rasmiy valyuta almashuv kursini shakllantirish tartibi oʻzgaradi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Hozir rasmiy kurs asosan valyuta birjasida amalga oshirilgan bitimlarga tayangan holda shakllantiriladi. Yangi tartibda esa banklarning birjadan tashqari oʻzaro valyuta operatsiyalari ham hisob-kitobga qoʻshiladi.

Shu tariqa, rasmiy kurs birja va banklararo birjadan tashqari bozorda tuzilgan bitimlarning oʻrtacha tortilgan kursi asosida aniqlanadi. Markaziy bankka koʻra, bu yondashuv ichki valyuta bozorida real amalga oshirilayotgan bitimlarning kattaroq qismini qamrab olish imkonini beradi.

Oʻzgarish rasmiy kursning bozor sharoitlariga sezgirligini oshirishi mumkin. Yaʼni banklar oʻrtasida birjadan tashqarida shakllanayotgan talab va taklif ham endilikda Markaziy bank eʼlon qiladigan kursga taʼsir qiladi.

Bundan tashqari, dam olish kunlari — jumladan, shanba va yakshanba uchun alohida yangi kurs shakllantirilmaydi. Bu kunlarda oxirgi ish kuni uchun eʼlon qilingan rasmiy kurs amal qiladi.

Markaziy bank bu oʻzgarishlarni valyuta kursini shakllantirish va eʼlon qilish amaliyotlarini takomillashtirish hamda rasmiy kursda ichki bozor holatini aniqroq aks ettirish bilan izohladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid