platina.uz
Jamiyat

Namanganda 1,1 mlrd soʻmlik oltinni Hindistonga olib ketayotganlar ushlandi

Besh fuqaro tillalarni oʻzlarining ichki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, olib oʻtishga uringan. 

Namanganda 1,1 mlrd soʻmlik oltinni Hindistonga olib ketayotganlar ushlandi

Namanganda 1,1 mlrd soʻmlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qoʻyildi.

​Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir oʻtkazildi.

​Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yoʻnalishida Hindistonga ketmoqchi boʻlgan Andijon va Fargʻona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan oʻtkazildi.

​Natijada, ular oʻzlarining ichki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, jami ogʻirligi 555 gr boʻlgan quyma oltin boʻlaklari va 200 gr zargarlik buyumlarini yashirin ravishda xorijga olib ketmoqchi boʻlganliklari fosh etildi.

​Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd soʻmni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid