Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
Tayinlov Prezident Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishi bilan amalga oshirildi. Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari boʻladi.

Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishi bilan Asadjon Azatbekovich Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Asadjon Xodjayev (1970 yilda tugʻilgan) — Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (2001 yil) bitiruvchisi. Mutaxassisligi — elektroaloqa muhandisi, iqtisodiyot magistri.
2018−2019 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markaziga direktor boʻlgan.
2019 yil noyabridan — Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 2020-2025 yillarda AOKA direktori sifatida ishlagan.
