platina.uz
Jamiyat

Toshkentda mahalliy byudjetdan 1,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

Mablagʻ koʻp kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirishga sarflanadi. 

Toshkentda mahalliy byudjetdan 1,5 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratildi

​Toshkent shahrida koʻp kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish uchun mablagʻ ajratildi.

Bu haqda ​Toshkent shahar hokimining 2026 yil 9 sentabrdagi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Chinoz va Oltiariq tajribasi asosida poytaxtimizdagi koʻp kvartirali uylarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasidan jami 1 mlrd 565,4 mln soʻm mablagʻ ajratildi.

​Mazkur mablagʻlar quyidagi manzillardagi koʻp kvartirali uylar uchun yoʻnaltiriladi:

​Olmazor tumani, Qichqiriq MFY, Qoraqamish 1/3 dahasi (46, 47, 50, 51-uylar) — 331,96 mln soʻm;

​Uchtepa tumani, Farhod MFY, 23-mavze (4, 5, 21, 22, 23-uylar) — 588,68 mln soʻm;

​Chilonzor tumani, Diyor MFY, 8-mavze (1, 2, 3, 4, 5-uylar) — 288,76 mln soʻm;

​Yunusobod tumani, Akbarobod MFY, 3-mavze (16, 17, 18, 19-uylar) — 200,03 mln soʻm;

​Yakkasaroy tumani, «Shohjahon» MFY (Bobur koʻchasi, 36, 38-uylar) va «Damariq» MFY (Bobur koʻchasi, 81/5, 81/6-uylar) — 155,97 mln soʻm.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid