Sirdaryoda obodonlashtirish masʼullari 1 mlrd soʻmdan oshiq pulni talon-toroj qildi
Ular bir necha fuqarolarni ishchi sifatida rasmiylashtirib, amalda ishlamagan kishilarga ish haqi hisoblashgan.

Sirdaryo viloyatida 1 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Unda Guliston shahar obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari fuqarolarni ishchi sifatida rasmiylashtirib, amalda ishlamagan ushbu fuqarolarga 1 mlrd soʻm ish haqi hisoblagan. Soʻngra ushbu pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
