platina.uz
Jamiyat

Senat lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqadi

Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari maʼmuriy-hududiy chegaralarini oʻzgartirishga doir masalalar ham kun tartibidan oʻrin olgan. 

Senat lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritishni koʻrib chiqadi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

​Kengash qaroriga muvofiq Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi 2026 yil 10 sentabr kuni boʻlib oʻtadi.

​Majlisda yalpi majlis kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi. Xususan, Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirishlar kiritish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash hamda himoya qilishni yanada kuchaytirish, Milliy gvardiya faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar koʻrib chiqiladi.

​Shuningdek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan bogʻliq bayonnomalarni ratifikatsiya qilishga oid qonun muhokama qilinadi.

​Bundan tashqari, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari maʼmuriy-hududiy chegaralarini oʻzgartirishga doir masalalar ham kun tartibidan oʻrin olgan.

​Yalpi majlisda yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi hamda mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash va nikohdan ajralishlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqiladi.

​Senatorlar Oliy Majlis Senati Kengashi qarorlarini tasdiqlash masalasini ham koʻrib chiqadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid