Pentagon: Eronga qarshi urushda 800 dan oshiq AQSh askari yaralandi
Halok boʻlganlar soni esa 18 nafarni tashkil etgan.

28 fevraldan beri Eronga qarshi harbiy operatsiyalarda yaralangan AQSh harbiy xizmatchilari soni 800 dan oshdi. Pentagon bu boʻyicha tegishli maʼlumotlarni eʼlon qildi.
8 sentabr holatiga koʻra, jami 820 nafar AQSh harbiy xizmatchisi turli darajadagi jarohat olgan, ulardan 18 nafari vafot etgan.
Soʻnggi hisobotda iyul oyiga nisbatan 26 ta oʻlim holati koʻrsatilgan.
Avvalroq AQSh beshta Eron tankerini yoʻq qilgani, Tehron Iordaniyaga raketa zarbalari bergani xabar qilingandi.
