Shavkat Mirziyoyev Serbiyada tantanali kutib olindi
Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlatimiz rahbarini samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya toʻplaridan oʻn marta oʻq uzilib, tantanali salyut berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

