platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan mukofotlandi

Ushbu orden xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar oʻrtasida tinchlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash hamda respublika bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan mukofotlandi

Belgrad shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu ordenni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan doʻstlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qatʼiy intilish ramzi deb bilishini taʼkidladi.

Serbiya Respublikasi ordeni xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar oʻrtasida tinchlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlash hamda respublika bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid