platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari uch barobarga koʻpaydi

​Soʻnggi bir necha yil ichida Saudiya Arabistoniga sayyohlik safarlari dinamikasi sezilarli darajada oʻzgardi. 2022 yil yanvar-iyul oylarida ushbu mamlakatga taxminan 50 000 nafar Oʻzbekiston fuqarosi tashrif buyurgan. 

Oʻzbekistonliklarning Saudiya Arabistoniga safarlari uch barobarga koʻpaydi

2026 yil yanvar-iyul oylarida Saudiya Arabistoniga sayyohlik maqsadida 167 337 nafar Oʻzbekiston fuqarosi sayohat qilgan.

​2025 yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 15 600 kishiga yoki 10,3% ga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

​Soʻnggi bir necha yil ichida Saudiya Arabistoniga sayyohlik safarlari dinamikasi sezilarli darajada oʻzgardi. 2022 yil yanvar-iyul oylarida ushbu mamlakatga taxminan 50 000 nafar Oʻzbekiston fuqarosi tashrif buyurgan.

​2023 yilda bu koʻrsatkich 35 200 tagacha kamaydi. 2024 yilda sayohatlar soni 106 500 taga, 2025 yil yanvar-iyul oylarida esa 151 700 taga yetdi.

​2026 yilning dastlabki yetti oyida sayohatlar soni 167 300 tani tashkil etdi.

​Shunday qilib, 2022 yil yanvar-iyul oylariga nisbatan bu koʻrsatkich uch baravardan koʻproq oshdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid