platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Mehnat mobilligi va migratsiyasi toʻgʻrisida, avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish, hududlararo hamkorlik toʻgʻrisida va boshqalar boʻyicha ikki tomonlama almashildi. 

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi, jumladan:

– Mehnat mobilligi va migratsiyasi toʻgʻrisida;

– Avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisida;

– Hududlararo hamkorlik toʻgʻrisida;

– Qishloq va suv xoʻjaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida;

– Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida;

– Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Oʻrta yoʻlakni qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Temir yoʻl infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qoʻshma filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida;

– 2026-2028 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;

– Mehnat xavfsizligi va sogʻliqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom oʻlkasi oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid