Finlyandiya Rossiya bilan chegarada 200 kilometrlik devor qurdi
Finlyandiya NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega boʻlib, uning hajmi 1300 kilometrdan oshadi.

Finlyandiya Rossiya bilan sharqiy chegarasi boʻylab 200 kilometr uzunlikdagi devor qurishni yakunladi.
Ichki ishlar vaziri Mari Rantanen bu haqda Nuiyamaa chegarasi yaqinida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb xabar beradi Yle nashri.
Finlyandiya rasmiylari devor qurilishini 2022 yil oktabr oyida maʼqullagan. Qurilish ishlari 2023 yil aprel oyida mamlakatning janubi-sharqida, Imatra shahri yaqinida boshlangan.
Rantanen devor qurilishiga Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Yevropadagi xavfsizlik holati sabab boʻlganini taʼkidladi.
"Menimcha, qachondir biz bunday mablagʻlarga koʻproq ehtiyoj bor-yoʻqligini baholaymiz. Xususan, biz sharqiy aʼzo davlatlar uchun Yevropa Ittifoqining mablagʻlariga muhtojmiz, shunda biz bunday loyihalarni moliyalashtira olamiz", dedi Rantanen xonim.
Finlyandiya NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega boʻlib, uning hajmi 1300 kilometrdan oshadi.
Hozirda oʻrnatilgan devor butun chegaraning atigi 15 foizini qoplaydi.
