platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada hokim lavozimiga joylashtirish evaziga 210 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

U oʻzini jabrlanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirgan. 

Fargʻonada hokim lavozimiga joylashtirish evaziga 210 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Fargʻona viloyatida hokim lavozimiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga oʻzini Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirgan. U goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 210 000 AQSh dollari evaziga uni Uchkoʻprik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, kelishilgan puldan 100 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid