platina.uz
Jamiyat

Profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Inspektorlarga birinchi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha maʼmuriy ogohlantirish jazosini qoʻllash vakolati beriladi. 

Profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimi joriy etiladi.

“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–314-son, 04.09.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalarining faoliyati quyidagi ustuvor ishlash mexanizmlari asosida yaxlit tizim sifatida tashkil etiladi:

- xizmat yoʻnalishi va xizmat oʻtash hududidan qatʼiy nazar fuqarolarning murojaatlari va xabarlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish;

- aholi bilan bevosita yaqindan va ochiq muloqotga kirishish hamda ularning huquqbuzarlikka sabab boʻlishi mumkin boʻlgan muammolarini hal etishda koʻmaklashish;

- bevosita joylarning oʻzida huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf qilish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan kunlik asosda manzilli profilaktik ishlarni yoʻlga qoʻyish.

Profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.

Profilaktika inspektorlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar beriladi:

- koʻrib chiqish vakolati doirasidagi birinchi marotaba sodir etilayotgan 17 turdagi kam ahamiyatli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha maʼmuriy ogohlantirish jazosini qoʻllash;

- yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasida mahalla koʻchalari va yoʻlaklarida yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq 4 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy jazo qoʻllash;

- tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarlarining vakolatidagi 9 turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid