platina.uz
Siyosat

Prezidentning Serbiyaga tashrifi boshlandi

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya rahbari Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

Prezidentning Serbiyaga tashrifi boshlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Belgrad shahriga keldi.

Serbiya havo hududida Oʻzbekiston yetakchisining samoletiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, Oʻzbekiston – Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ularning yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid