Poʻlat Bobojonov Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Prezidentning kadrlar boʻyicha maslahatchisi lavozimi va uning boʻlinmasi tugatildi.

Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezidentning kadrlar boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi lavozimi va uning boʻlinmasi tugatildi;
- davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishi;
- mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishi etib belgilandi.
