platina.uz
Sport

OAV: Oʻzbekiston-Argentina oʻyini bekor qilindi

Bunga asosiy sabab sifatida jamoa yulduzi Lionel Messining ketishi hamda buning ortidan homiylik va tijoriy shartnomalarning qayta koʻrib chiqilishi keltirilgan. 

OAV: Oʻzbekiston-Argentina oʻyini bekor qilindi

Oʻzbekistonning Argentinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini bekor qilinadi.

Championat.asiaʼning “ESPN Argentina” nashriga asoslanib yozishicha, terma jamoa rahbariyati kuzgi FIFA kunlari doirasida rejalashtirilgan Osiyo turnesidan voz kechgan. Terma oʻz maydonida uchta nazorat uchrashuvi oʻtkazishga qaror qildi.

Bunday oʻzgarishlarga asosiy sabab sifatida jamoa yulduzi Messining ketishi hamda buning ortidan homiylik va tijoriy shartnomalarning qayta koʻrib chiqilishi koʻrsatilmoqda.

Lionel Skaloni shogirdlari sentabr oyining oxiridan oktabr boshigacha davom etadigan xalqaro tanaffus paytida oʻz muxlislari qarshisida maydonga tushadi.

Avvalroq Xitoy bilan oʻyin boʻyicha kelishuvga erishilgan va ushbu tur katta moliyaviy daromad keltirishi kutilgandi. Bundan tashqari, 30 sentabr kuni Oʻzbekiston MTJ bilan bahs koʻzda tutilgan edi.

Biroq jamoaning bosh yulduzi safda boʻlmasligi maʼlum boʻlgach, Osiyo mamlakatlari bilan muzokaralar toʻxtatildi. Endi jamoa bor eʼtiborini oʻz maydonidagi oʻyinlarga qaratmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid