Noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish alohida jinoyat sifatida tasniflanadi
Yangi tartibga koʻra ayblanuvchi sodir etilgan qilmishining ijtimoiy xavfliligiga qarab 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Noqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish alohida jinoyat sifatida belgilandi.
Jinoyat kodeksi 276¹-modda bilan toʻldirildi. Unda narkotik moddalarni tayyorlash uchun gʻayriqonuniy laboratoriya tashkil etish yoki saqlash uchun alohida javobgarlik nazarda tutilgan.
Yangi tartibga koʻra sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga qarab 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Narkotik ishlab chiqarishga moʻljallangan laboratoriyani tashkil etishning oʻziyoq ogʻir huquqiy oqibatlarga olib keladi.
