BMT Oliy komissari sunʼiy intellekt boʻyicha jiddiy xavotir bildirdi
"Bugungi dunyoda bir nechta odamlar SI ustidan deyarli cheksiz hokimiyatga ega", deydi Folker Tyurk.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Folker Tyurk sunʼiy intellekt (SI) insoniyatga tahdid solishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
"SIning rivojlanishi insoniyat uchun mavjudlik xavfini tugʻdirishi mumkin", dedi u Jenevada boʻlib oʻtgan Inson huquqlari kengashining 63-sessiyasining ochilishida.
Uning taʼkidlashicha, bugungi dunyoda bir nechta odamlar "SI ustidan deyarli cheksiz hokimiyatga ega".
Tyurk "juda kech boʻlmasdan oldin SI xavfsizligini kafolatlash uchun keng qamrovli saʼy-harakatlarni" talab qildi. Uning fikricha, SI texnologiyalariga ega mamlakatlar va taʼminot zanjirida ishtirok etuvchi mamlakatlar SI "qizil chiziqlari" boʻyicha kelishib olishlari kerak.
