platina.uz
Iqtisod

Banklardagi kredit portfeli 644 trln soʻmdan oshdi

​Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldigʻi 239,8 trln soʻmni tashkil etdi. Uning tarkibida eng katta hajm ipoteka kreditlariga toʻgʻri kelib, 88,1 trln soʻmga yetgan. 

Banklardagi kredit portfeli 644 trln soʻmdan oshdi

Banklarning kredit portfeli 644,6 trln soʻmga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

​2026 yilning yanvar–iyul oylarida bank tizimining jami kredit qoldigʻi 604,0 trln soʻmdan 644,6 trln soʻmga yetib, 6,7 foizga oshdi.

​Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldigʻi 239,8 trln soʻmni tashkil etdi. Uning tarkibida eng katta hajm ipoteka kreditlariga toʻgʻri kelib, 88,1 trln soʻmga yetdi.

Mikrokreditlar 46,7 trln soʻmni, mikroqarzlar esa 51,1 trln soʻmni tashkil etdi.

​Yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldigʻi 404,8 trln soʻmga yetdi. Yil boshidan ushbu segmentdagi kreditlar 5,5 foizga, jumladan mikrokreditlar 22,1 foizga, lizing va faktoring operatsiyalari 27,5 foizga oshdi.

​Kredit portfelining asosiy qismi — qariyb 63 foizi yuridik shaxslarga, 37 foizi esa jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid