platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan poytaxtdagi Zamonaviy sanʼat markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimida ishtirok etdi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi boʻldi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham qatnashdi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Ushbu dargohda koʻrgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, taʼlim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun moʻljallangan jamoat hududlari oʻrin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

​Yangi madaniy klaster 1912 yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning meʼmoriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda koʻrgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, maʼruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam oʻtkazib boriladi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

​Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalkaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatib, oʻzbekistonlik isteʼdod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib eʼtirof topishiga zamin yaratadi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

​Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining katta saʼy-harakatlari natijasida roʻyobga chiqdi.

​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
​Toshkentda Zamonaviy sanʼat markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid